“Arsenal“ va “Chelsi“ 80 million funtlik futbolchi uchun kurashmoqda

Khoja
21 may 2025, 09:30
Angliya terma jamoasi a'zosi Entoni Gordon faoliyatini London jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.

 “Nyukasl“ futbolchisiga “Arsenal“ va “Chelsi“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Nyukasl“ o'z yetakchisini 80 million evroga sotishga tayyor.

Qanot hujumchisi “Nyukasl“da 2023 yildan beri harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com