"Arsenal" to'purari jarohat sabab MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
30 noya 2017
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Xaddersfild"ga qarshi o'yin (5:0)dan keyin 46 daqiqada almashtirilgan hujumchi Aleksandr Lakazettning jarohati haqida gapirib o'tdi.

"U jarohat oldi. U "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq", - dedi Venger.

U jarohat oldi. U "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq.

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Lakazett joriy mavsum 14 o'yinda 7ta gol urdi va bitta golli pas berdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com