

23 yoshli futbolchi mavsum oxirida "Milan"dagi ijara shartnomasi tugaganidan so'ng "Real"ga qaytib ketadi. Italiya klubi futbolchini sotib olishga harakat qilmoqda, biroq ular shartnomada belgilangan 22 mln evroni to'lash niyatida emas.
"Real"ning talabi bajarilmayotgan bir paytda futbolchi uchun boshqa bir klub kurashga qo'shildi. "Arsenal" andalusiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. "To'pchilar" allaqachon Braim Dias uchun rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Arteta Braimni "Manchester Siti" orqali juda yaxshi biladi va uni yana o'z tarkibida ko'rishni istaydi.



