"Arsenal" sobiq o'yinchisi: "O'zil hech qachon kiyim almashtirish xonasida ham, maydonda ham yaxshi yigit bo'lmagan"

Alisher
1 yanv 2020, 17:15
64 yoshli irlandiyalik Liam Bredi "Arsenal" xavbeki Mesut O'zilni tanqid qildi.

"Men Artetani O'zilga munosabati uchun tanqid qilmayapman. U O'zilga ko'p imkoniyat berdi, Mesut esa bir necha oylargina yaxshi o'ynadi.

U hech qachon kiyim almashtirish xonasida ham, maydonda ham yaxshi yigit bo'lmagan. Men Mikelni O'zil sabab tanqid qilmayman", - deydi Bredi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" germaniyalik yarim himoyachini mavsum uchun qaydnomaga kiritmagan.


AlisherMuallif
Manba: Goal