"Arsenal" sobiq himoyachisi Jenkinson faoliyatini Avstraliyada davom ettiradi

Alisher
19 yanv 2022, 16:53
"Melburn" "Nottingem Forest" jamoasi himoyachisi Karl Jenkinsonni ijaraga oldi.

Bu haqda Avstraliya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

29 yoshli angliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar Avstraliya jamoasi safida o'ynaydi.

Jenkinson - "Arsenal" sobiq futbolchisi, u 2011-2019 yillarda "kanonirlar" sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: melbournecityfc.com.au