"Arsenal" sobiq futbolchisi APLga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
21 noya 2025
PSJ akademiyasida tahsil olgan fransiyalik yarim himoyachi Matteo Genduzi Angliyada ikkinchi imkoniyatga ega bo'lish ehtimoli mavjud.

Genduzi bilan "Loryan"da birga ishlagan "Sanderlend" murabbiyi Rejis Le Bri u bilan aloqada bo'lib turishini tan oldi, ammo transfer haqida gapirishga hali erta.

"Men hali ham turli o'yinchilar bilan munosabatlarga egaman va Matteo ulardan biri. Men u bilan "Loryan"da ishlaganman, shuning uchun biz aloqada bo'lib turamiz. Biroq yanvar oyidagi transfer oynasi haqida gapirishga hali erta", – dedi Le Bri.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent