“Arsenal” Sanchesni Yevropa ligasi uchun “zayavka”dan o'tkazdi

6 sen 2017, 00:42
“Arsenal” hujumchisi jamoasining Yevropa ligasi uchun bahslarida ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari Jek Uilsher, Kristyan Belik va Jozef Uillok ham ushbu turnirda “Arsenal” tarkibida maydonga tushishlari mumkin.

Joriy transfer oynasi vaqtida 28 yoshli chililik futbolchi “Manchester Siti”ga o'tishi kutilgandi. Ammo bu transfer amalga oshmay qoldi.



Manba: Sky Sports