"Arsenal" qishda PSJ futbolchisini ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
9 dek 2021, 12:55
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Viynaldum yanvarda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

31 yoshli futbolchini "Arsenal" ijaraga olish niyatida. Niderlandiyalikning o'zi esa bunga qarshi emas. Bunga qadar u "Liverpul" va "Nyukasl" tarkibida ham faoliyat olib borgandi.

Biroq "Sky Sports" xabariga ko'ra, garchi asosiy tarkib futbolchisi bo'lmasa-da, PSJ uni qo'yib yubormoqchi bo'lmayapti.

Ushbu mavsumda Viynaldum 14 o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal