

"Kanonirlar" portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sanshesh bilan shartnoma imzolashga qiziqishmoqda.
Angliya klubi bitimni qishki transfer oynasida rasmiylashtirmoqchi. "Lill" o'yinchisining transferi londonliklarga 30 million evroga tushadi.
24 yoshli futbolchining "Lill" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Xavbek joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.



