"Arsenal" Pepeni transferga qo'yadi

Nikolya Pepe "Arsenal"ni tark etishi mumkin.

London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning sport direktoriga futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini ma'lum qilgan. Ivuarlik futbolchi APLga moslasha olmadi, "Lids" (0:0) bilan o'yinda Pepening maydondan chetlatilishi Artetaning sabr-toqatini to'ldirgan.

"Arsenal" futbolchini transferga qo'yadi. Eslatib o'tamiz, "to'pchilar" Pepe uchun "Lill"ga 80 mln evro to'lagan edi.


Manba: todofichajes.com