"Arsenal" Partining o'rniga "Brentford" futbolchisini sotib oladi

Administrator
26 iyun 2025
Kristian Nergor "Arsenal" safiga qo'shilmoqda.

"Brentford" "to'pchilar"ning norvegiyalik yarim himoyachisi Kristian Nergorni 11 million evroga sotib olish taklifini qabul qildi. Bu haqda  ishonchli manba Fabricio Romano ma'lum qildi. Yaqin kunlarda Nergor "Arsenal" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Arsenal"da Nergor Tomas Partining o'rnini egallashi kutilmoqda. Oldinroq xabar qilinganidek, klub Parti bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.

O'tgan mavsumda Nergor Angliya Premer ligasida 34 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano