"Arsenal" - "Olimpiakos" o'yini oldidan qiziqarli voqea sodir bo'ldi

Alisher
21 fev 2020
Yevropa Ligasi 1/16 final doirasidagi "Arsenal" - "Olimpiakos" (1:0) o'rtasidagi o'yinda kulgili hodisa ro'y berdi.

O'yinchilar bilan maydonga chiqqan bolakay boshqa bolalar kyetib qolishganida nima qilishini bilmay qoldi.

"Arsenal" futbolchilari esa bolani o'zlariga chorlashdi. Yakunda bolakay "to'pchilar" bilan birga jamoaviy suratga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "Olimpiakos" - "Arsenal" o'yinida mehmonlar hujumchisi Aleksandr Lyakazettning 81-daqiqada urgan goli o'yin taqdirini hal qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal

O'xshash yangiliklar