

"Marsel"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Darril Bakola bir nechta top-klublar qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
"Foot Mercato" ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining vaziyatini "Arsenal", "Shtutgart" va Dortmundning "Borussiya" klublari kuzatib bormoqda. Shuningdek, "Chelsi" Bakola bo'yicha norasmiy muzokaralar olib borayotgani haqida ham ma'lumotlar bor.
"Marsel" Bakolani jamoada olib qolish niyatida va yarim himoyachiga shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif yuborgan. Francuzning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda Bakola Liga 1 ning 7 ta uchrashuvida ishtirok etdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, assist muallifiga aylandi.



