"Arsenal" Niko Uilyamsning agenti bilan muzokaralarni boshladi

Administrator
3 apr 2025
Bir necha top klublar vingerni o'z tarkiblarida ko'rishmoqchi.

"Arsenal" klubi Niko Uilyamsni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. London klubi "Atletik" vingerini yozda transfer qilish niyatida. Klub hozirda Nikoning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. "Arsenal" futbolchini ikki yildan beri kuzatib kelayotganini qo'shimcha qilish lozim.

22 yoshli futbolchiga "Arsenal"dan tashqari, "Barselona", "Chelsi" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Nikoning shartnomadagi tovon puli 58 mln evroni tashkil qiladi. 


AdministratorMuallif
Manba: The Guardian