"Arsenal" muxlislari Madueke transferiga qarshi chiqishmoqda

Administrator
12 iyul 2025
"Arsenal" muxlislarining bir qismi Noni Maduekening transferiga qarshi chiqdi.

Avvalroq, 23 yoshli qanot futbolchisi 48,5 million funt sterling evaziga "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tish arafasida ekanligi ma'lum bo'lgandi.

4000 dan ortiq kishi imzolagan peticiya tuzildi va #NoToMadueke (#MaduekegaYo'q) heshtegi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Bundan tashqari, noma'lum shaxslar "Emireyts" stadioni yaqinidagi devorga "Arteta ketsin" degan suratlarni chizishdi.

So'nggi yillarda "Arsenal" "Chelsi"dan olti nafar o'yinchini o'z safiga qo'shib olgan va Madueke ushbu transfer oynasida darvozabon Kepa Arrisabalagadan keyin ikkinchi transfer bo'ladi. BBC’ning takidlashicha, ayrim muxlislar "Arsenal" yanada taniqli futbolchilarni jalb qilishga intilishi kerak, deb hisoblashmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: BBC