"Arsenal" Martinelli bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
9 okt 2022, 17:51
"Arsenal" yarim himoyachi Gabriel Martinelliga yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyor.

"Football Insider" xabariga ko'ra, yangi shartnoma kamida 2026 yilga qadar davom etadi. Unda futbolchining maoshi oshishi kutilmoqda.

21 yoshli Martinellining amaldagi shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda braziliyalik futbolchi London klubi tarkibida 8 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider