

"Kanonirlar" 23 yoshli fransiyalik futbolchi bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi.
Taklif narxi ma'lum qilinmayapti, "Lion"ning futbolchi uchun 20-25 million evro olishni xohlayotgani ma'lum.
Auar 2020/21 yilgi mavsum "Lion" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.



