"Arsenal" "Lion" o'yinchisi Auarga taklif tayyorladi

Alisher
23 sen 2020, 15:24
"Arsenal" "Lion" yarim himoyachisi Ussem Auarga bo'lgan qiziqishni yo'qotmayapti.

"To'pchilar" rahbariyati 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha taklif tayyorlashdi. "Lion" o'yinchining sotuvidan 60 million evro ishlab olmoqchi va almashishlarni ko'rib chiqmoqchi emas.

Transfermarkt Auarni 49,5 million evroga baholagan.

Futbolchi o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le10sport