"Arsenal" Jiru, Koselni va Koklen bilan yangi bitim tuzdi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2017
"Arsenal" Olive Jiru, Loran Koselni va Fransis Koklenlar bilan yangi shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Hozircha yangi shartnoma muddati e'lon qilinmayapti.

"Jamoamizning uch muhim futbolchisi biz bilan uzoq muddat birga bo'lishga rozi ekanligidan xursandmiz. Fransis so'nggi bir necha yil davomida katta yutuqlarga erishdi, chunki u har kuni ter to'kib mehnat qilmoqda.

Olive katta tajribaga ega, Loran esa jamoamizning bir qismi va bugungi kunda jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Bu biz uchun yaxshi yangilik" - deydi "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com