"Arsenal" Italiya terma jamoasi futbolchisini xarid qilishga yaqin

Alisher
21 iyun 2019, 10:54
Londonning "Arsenal" klubi "Torino" himoyachisi Armando Icconi o'z tarkibida ko'rishni xohlamoqda.

Italiyalik o'yinchining agenti ayni damda Angliyada va "kanonirlar" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazyapti. Transfer taxminan 30 million evro atrofida baholanmoqda.

Icco "Torino"ga 2018 yozda "Jenoa"dan 9 million evro evaziga o'tgan edi. 27 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assistga erishgan. 

Futbolchi "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Armando 2019 yildan Italiya terma jamoasi yig'iniga jalb etila boshladi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb