"Arsenal" ikki hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
12 may 2019
"Arsenal" rahbariyati hujumchilar Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyang bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "kanonirlar" ikki forvardga haftasiga 250 ming funt maosh taklif qilmoqda.

9 may kuni jamoa Yevropa ligasi yarim finalida "Valensiya" maydonida g'alabaga erishganida gabonlik xet-trik qayd etgan bo'lsa, yana bir golga francuz mualliflik qilgandi.

"Arsenal" bugun APLning so'nggi turida "Bernli" maydoniga safar uyushtiradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail