"Arsenal" futbolchisi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
3 sen 2023, 12:12
"Arsenal" futbolchisi Tomas Parti jarohati sababli Gana termasiga chaqiruv olmadi.

Gana FF matbuot xizmatining xabariga ko'ra, xavbek "Arsenal" mashg'ulotida jarohat olgan va noma'lum muddatga safdan chiqqan. Shu orqali u bugun bo'ladigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

30 yoshli xavbek ushbu mavsum APLning 3 o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News