"Arsenal" Fransiya chempionatining eng yaxshi to'purariga qiziqmoqda

Alisher
4 dek 2021
"Lill" forvardi Jonatan David faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli kanadalik futbolchi uchun "Arsenal" klubi davogarlik qilmoqda.

Oldinroq, londonliklar "Everton" forvardi Dominik Kalvert-Lyuinni xarid qilmoqchi edilar, ammo Fransiyaning eng yaxshi to'purari - klub uchun mos nomzod.

David joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Standard