"Arsenal" "Emireyts"ga Venger haykalini o'rnatishga tayyor

Sherzod Nurmatov
28 dek 2022, 11:03
"Arsenal" "Emireyts" stadioni tashqarisida Arsen Venger haykalini o'rnatishga shay, deb xabar bermoqda "The Telegraph".

Haykal keyingi yilning boshida paydo bo'lishi mumkin.

Fransiyalik mutaxassis ushbu haftada klubni tark etganidan keyin birinchi marta "Arsenal" o'yiniga tashrif buyurdi. 17-tur doirasida "kanonirlar" "Vest Xem"ni mag'lub etishdi – 3:1.

Venger 1996 yildan 2018 yilgacha "Arsenal"ni boshqargan. Jamoani tark etgach, fransiyalik mutaxassis boshqa klublarda faoliyat yuritmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph