"Arsenal" Edegor borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 18:45
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegorning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Arsenal" va "Real" hali ham futbolchi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar transfer summasini kelisha olishmayapti.

"Qirollik klubi" avvaliga Edegorni tarkibda olib qolib, Iskoni sotib yubormoqchi edi. Ammo bunday bo'lmadi. Klubga Edegor uchun yaxshiroq takliflar tushmoqda.

"Arsenal" norvegiyalik uchun 40 million evro taklif qilmoqda. Biroq "Real" bunga rozi bo'lmayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano