"Arsenal" belgiyalik iqtidor transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2021
"Anderlext" tayanch yarim himoyachisi Alber-Mboyo Lokonga yaqin orada "Arsenal" a'zosiga aylanadi, deydi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan. Angliya klubi xavbek uchun 17,5 million evro to'laydi. Futbolchi "kanonirlar" bilan 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Lokonga "Arsenal"ga o'tish uchun A Seriyaning ikki klubi taklifini rad etgani aytilmoqda.

21 yoshli Lokonga "Anderlext" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o'tgan mavsumda 37 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma ko'rsatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano