"Arsenal" "Barselona" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
30 iyul 2020, 10:30
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti yozgi transferlar oynasida "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

26 yoshli fransiyalik futbolchining transferi "to'pchilar" uchun 40 million evroga tushadi.

Xabarlarga ko'ra, Umtitiga shuningdek "Lion" ham qiziqish bildirmoqda, ammo klub yuqorida aytilgan mablag'ni to'lay olmaydi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe