"Arsenal" asosiy futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Khoja
10 may 2025, 10:46
"Arsenal" Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Fransiyalik bilan amaldagi kelishuv 2027 yil yoziga qadar davom etadi. Unga ayni damda "Real" da'vogarlik qilmoqda.

"Arsenal" esa futbolchisidan ayrilib qolgisi kelmayapti, klub sport direktori Andrea Berta futbolchining vakillari bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagan.

Saliba ayni damda "Arsenal"da yiliga soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda 10 mln funt maosh oladi. Jamoadagi eng ko'p maosh Kay Xavertcga belgilangan - 14,6 mln funt (soliqlar bilan).


KhojaMuallif
Manba: championat.com