"Arsenal" APLda so'nggi 9 o'yindan 8 tasida g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
27 dek 2022, 12:18
To'plar farqi – 21:4.

"Arsenal" APLdagi mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.

Mikel Arteta shogirdlari APLning 17-turida "Vest Xem"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

"Kanonirlar" oxirgi marta 4 sentyabr kuni safarda "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy bergan (1:3). O'shandan beri ular 8 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi.

"Arsenal"ning navbatdagi uchrashuvi 31 dekabr kuni mehmonda "Brayton"ga qarshi kechadi.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports.ru