"Arsenal" Allegrining agenti bilan muzokara o'tkazdi

Mirjalol Normatov
12 may 2018
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Arsenal"da ish boshlashi mumkin.

So'nggi kunlarda tomonlar muzokara o'tkazgan. 50 yoshli mutaxassis bilan birgalikda jamoani shakllantirish ishlari, transferga ajratiladigan mablag' kabi masalalar ham ko'rib chiqilgan. Oldinroq "Arsenal" rahbariyati JCH boshlangunga qadar yangi bosh murabbiy nomini e'lon qilishi aytilgandi.

Biroq Italiya matbuoti kamida yana bir mavsum Allegri "Yuventus"da ishlashi haqida xabarlar tarqatmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror