"Arsenal" Aleksis Sanches va Pedroni qo'lga kiritmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2014
"Arsenal" "Barselona"ning birdaniga ikkita futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, londonliklar Aleksis Sanches va Pedro Rodrigesga qiziqib qolishgan.

"Kanonirlar" agar kataloniyaliklar ushbu futbolchilar uchun katta pul so'rab yubormasalar, ikkala futbolchini ham sotib olmoqchilar.

Ta'kidlab o'tish lozimki, Sanchesning transfer narxi 20 million evro deya baxolanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sanchesga shuningdek,"Yuventus" jamoasi tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru