"Arsenal" Abraxamga qiziqmoqda. "Chelsi" futbolchi uchun 40 mln so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021, 01:53
"Chelsi" klubi hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini boshqa bir London klubida davom ettirishi mumkin.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, "Arsenal" Abraxamning xizmatlariga qiziqmoqda. "Chelsi" esa futbolchini 40 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas. Buning uchun "Arsenal" bir necha futbolchilarini sotishi kerak bo'ladi.

Futbolchining o'ziga bu variant maqul kelmoqda. Sababi, Abraxam yoshligidan "Arsenal" muxlisi bo'lgan. 

Eslatib o'tamiz, Temmi Abraxamga "Vest Xem" klubi ham qiziqayotgandi. Ammo, klub futbolchi uchun 40 mln funt to'lashga qiynalmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph