"Arsenal" 33 yoshli Diego Kostaga qiziqmoqda

Alisher
15 yanv 2022, 17:04
"Atletiko Mineyro" hujumchisi Diego Kosta APLga qaytishi mumkin.

33 yoshli o'yinchiga "Arsenal" qiziqmoqda. "Kanonirlar" norasmiy ravishda ispanning rejalari bilan qiziqishdi.

Kostaga shuningdek "Korintians" qiziqmoqda.

Forvard "Atletiko Mineyro" bilan shartnomani bekor qilishga yaqin, u jamoada o'tgan mavsumning avgustidan beri o'ynayotgandi.

Kosta Braziliya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal