"Arsenal" 18 yoshli Gabriel Jezusni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015, 15:18
“Arsenal” klubi 18 yoshli hujumchi Gabriel Jezus borasida “Palmeyras” jamoasi bilan muzokara olib boryapti, deb xabar beradi calcionews24.com sayti.
Londonliklar braziliyalik futbolchi uchun taklif qilayotgan mablag'ni oshkor qilishmayapti. Norasmiy xabarga ko'ra futbolchining bahosi 2 million evroga baholanmoqda. Futbolchining “Palmeyras” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning dekabr oyida o'z nihoyasiga etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: calcionews24.com