

"Biz faol harakat qila olmadik. O'z kuchimizga bo'lgan ishonch yetishmadi. Ammo, ikkinchi bo'limda biroz o'yinni kuchaytirgandek bo'ldik. O'tgan haftada bo'lib o'tgan ishlarni izohlash qiyin. Hozirda kuchli to'rtlikka kirish haqida gapirishning vaqti emas. Buning deyarli iloji yo'q. Juda katta farq bilan ortda qolib ketdik. Ayni paytda g'alabali o'yinlarni qaytarish haqida o'ylayapmiz. "Milan"ga qarshi bahs oldidan jismoniy tomonlama tiklanib olish muhim", - dedi fransiyalik murabbiy.



