Arsen Venger: "Angliya kubogi "Arsenal" uchun juda muhim"
Narzulla Saydullayev
20 apr 2017
"Arsenal" ustozi Arsen Venger Angliya kubogi yarim finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Angliya kubogi biz uchun juda muhim. Jamoa bor e'tiborini bu musobaqaga qaratdi. Biz yana bir bor finalga chiqmoqchimiz. "Siti" bilan o'yinda birinchi bo'lib gol urishga umid qilaman, - deydi Venger Mirror nashriga.