Armanistonda yil futbolchisi aniqlandi. U Mxitaryan emas

Sherzod Nurmatov
30 dek 2021
Armanistonda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish natijalari sarhisob qilindi.

Armaniston futbol federatsiyasi rasmiy saytining xabar berishicha, “Kadis” himoyachisi Varazdat Aroyan eng yaxshi deb topildi.  

29 yoshli futbolchi ovoz olishda 92 ochko to'pladi. 

Ikkinchi o'rinni “Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan (62) olgan bo'lsa, “Krasnodar” yarim himoyachisi Eduard Spercyan (60) kuchli uchlikka yakun yasadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ffa.am