

Futbolchi yozda O'zbekiston chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda. Hozircha futbolchiga O'zbekistonning aynan qaysi jamoasi qiziqish bildirgani haqida xabar berilmagan.
Ma'lumot uchun, Eraldo Chinari o'tgan mavsum "Noa" safida Armaniston chempionatida g'alaba qozongandi. Futbolchining o'zi jamoa safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va yana 9 ta golga assist qayd etgan.
Transfermarkt nashri 28 yoshli futbolchini 700 ming evroga baholamoqda.



