Argentinaning Rossiya bilan o'yin uchun asosiy tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
8 noya 2017
Argentina ustzi Xorxe Sampaoli Rossiya bilan o'yin uchun asosiy tarkibni aniqlab oldi, deb xabar bermoqda As jurnalisti Vero Brunati.

Unga ko'ra bahsni Janubiy Amerika jamoasi quyidagi tarkibda boshlaydi: Romero, Maskerano, Peccelya, Otamendi, Enco Peres, Kranevitter, Lo Chelso, Messi, Salvio, Aguero, Di Mariya.

O'yin 11 noyabr kuni Moskvadagi Lujniki stadionida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com