Argentina va Braziliya bir kunda JCH saralashida yutqazdi, bunaqasi tarixda ikkinchi marta bo'lishi

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2023, 08:10
Argentina va Braziliya terma jamoalari JCH-2026 saralashi doirasida bir kunda mag'lubiyatga uchrashdi.

Argentina o'z maydonida Urugvayga 0:2, Braziliya esa safarda Kolumbiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Ushbu gigant terma jamoalarning bir kundagi mag'lubiyati 2015 yilning 8 oktyabrida kuzatilgandi. O'shanda JCH-2018 saralashida Braziliya Chiliga (0:2), Argentina esa Ekvadorga (0:2) hisobida yutqazgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta