Argentina termasining sobiq posboni: "Zidan futbolda hech narsani tushunmaydi"

Eldor Akmurzayev
13 may 2019
Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti Real ustozi Zayniddin Zidanni keskin tanqid qildi.

"Real" yutayotgan paytlarda, Zidan hech narsa qilmadi. Hozir ham hammasi o'z holidek qolgan. U futbolda hech narsani tushunmaydi. Unda Ronaldu, Ramos va gollar bor edi. Zidan barchasini shularning evaziga qo'lga kiritdi. Agar u o'z qarashlarini tubdan o'zgartirmasa, u holda buning oqibatlari juda ayanchli axvolga olib kelishi mumkin”, – deydi 74 yoshli sobiq futbolchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo