Argentina terma jamoasi ustozi: "Kubokni yutsak-yutmasak, Messi tarixdagi eng kuchli futbolchi bo'lib qolaveradi"

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2021
Argentinaliklar bosh murabbiyi Lionel Skaloni terma sardori Lionel Messi haqida gapirdi.

"Kubokni yutsak-yutmasak, Messi tarixdagi eng kuchli futbolchi bo'lib qolaveradi. U buni isbotlashi uchun terma jamoa bilan sovrin yutishi shart emas. Hatto raqiblar buni tan oladi", – dedi Skaloni.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Messi Argentina kattalar milliy terma jamoasi bilan hali birorta sovringa ega chiqmagan.

Yakshanba tongida futbolchida yutuqqa erishishi imkoniyati bor - Braziliyaga qarshi kechadigan Amerika Kubogi finali Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com