

31 yoshli turkiyalik yarim himoyachi qo'shimcha daqiqalarda maydondan chetlatildi. Bunga uning hakam qaroridan norozi bo'lib, laynsmenni turtib yuborgani sabab bo'lgandi.
Turkiya futbol federatsiyasi Turonni yon hakamni turtgani, bosh hakamni haqorat qilgani va tahdidlari uchun 16 o'yinga chetlatdi. Shuningdek, futbolchi 7,7 ming evrolik jarimaga tortildi.
Klub esa o'yinchiga 250 ming evro miqdorida jarima to'lash majburiyatini yukladi.
Turon kelgusi mavsumning deyarli butun birinchi davrasini o'tkazib yuborishga majbur. U “Barselona”dan 2020 yilga qadar ijaraga olingan.



