Arbeloa "Real"da qolishga qaror qildi

Tolibjon Qosimov
29 avg 2014
"Real" himoyachisi Alvaro Arbeloa hozirda asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmasada, "Qirollik klubi"da yana bir mavsum qolishga qaror qildi.
Madridliklar bosh murabbiyi ham himoyachining jamoada qolishini xohlaydi. Ammo futbolchi poytaxt klubini tark etishga qaror qilsa, "Real" "Milan"dan Mattia de Shiloni xarid qilishga harakat qilib ko'radi. Ispan grandi anchadan beri bu futbolchini kuzatib kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Arbeloa asosiy tarkibdan joy olmayotgani tufayli "Real"ni tark etmoqchi edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com