Arab chempionlar kubogi. Ronaldu so'nggi daqiqalarda "Al Nassr"ni mag'lubiyatdan qutqarib, jamoani pley-offga olib chiqdi

Оқил Абдубарноев
3 avg 2023
Saudiya Arabistoni kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Zamalek" - "Al Nassr" uchrashuvi yakunlandi.

"Zamalek" - "Al Nassr" 1:1

Gollar: 1:0 – Zizo (53, penaltidan), 1:1 – Ronaldu (87).

"Al Nassr": Al-Akidi, Al-Ganam, Ladjami, Madu (Al-Amri, 46), Telles (Konan, 64), Brozovich, Fofana, Aleva (Mane, 46), Garib (Al-Sulayxim, 64), Taliska, Ronaldu.

Mazkur natijadan keyin "Al Nassr" 5 ochko bilan guruhda 2-o'rinni egalladi va peshqadam "Al Shabab" bilan birgalikda pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Zamalek" esa 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia