"Ar Rayyan" Xamesdan so'ng "Roma" futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin

Alisher
25 sen 2021, 13:28
"Roma" yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi "Ar Rayyan"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 32 yoshli francuz shanba kuni Qatar klubiga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Oldinroq, "Ar Rayyan" "Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan shartnoma imzolagan edi.

N'Zonzi o'tgan mavsumni ijara asosida "Renn"da o'tkazdi. Xavbek francuz klubida 39ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio