APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025
Angliya Premer-ligasi matbuot xizmati "Manchester Siti"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand liganing sentyabrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Forvard sentyabr oyida APLning 3 o'yinida 5 ta to'p kiritdi.

APLning 7 turidan keyin "Arsenal" 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Liverpul" 15 ochko bilan ikkinchi, "Tottenxem" 14 ochko bilan uchinchi, "Manchester Siti" esa 13 ochko bilan beshinchi pog'onada.

Holand joriy mavsum APLda 7 o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi. Norvegiyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "Manchester Siti" safida to'p tepadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com