APLning ikki klubi Xadson-Odoi uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
8 avg 2022, 11:24
"Chelsi" forvardi Kallum Xadson-Odoi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

21 yoshli angliyalik uchun "Lester" va "Sautgempton" davogarlik qilmoqda. O'yinchining o'zi klub rahbariyatidan uni ijaraga qo'yib yuborishni so'radi.

Xadson-Odoi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian