APLning ayrim o'yinlarini "YouTube"da bepul tomosha qilish mumkin bo'ladi

Tolibjon Qosimov
5 may 2020
Mavsum qayta tiklanganidan so'ng APLning ayrim o'yinlarini "YouTube" platformasida bepul translyatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bahslarning katta qismi "Sky Sport" va "BT Sport" telekanallarida namoyish etiladi, lekin ayrim uchrashuvlar "YouTube"da ham ko'rsatiladi. Takidlanishicha, APL 2013-2014 yilgi mavsumdan beri bepul translyatsiyalarga huqu bermagandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thesun.co.uk