

Unga ko'ra, Premer-liganing bir qator klublari kanadalik futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun takliflar tayyorlamoqda. Takidlanishicha, futbolchiga "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Nyukasl", "Tottenxem" va "Vest Xem Yunayted" da'vogarlik qilmoqda. "Lill" futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga urinib ko'rdi, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz.
Devid joriy mavsum Frantsiya chempionatida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi. Uning bozor qiymati 45 mln evroga baholanmoqda.



